Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) AQSh prezidenti Donald Trampni Eronga qarshi harbiy operasiyani qisqartirishga ko‘ndirish uchun ittifoqchilari bilan shaxsiy aloqada bo‘lmoqdalar.
Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
BAA va Qatar mojaroni tezda diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun koalisiya tuzishni istaydilar. AQSh rahbari ilgari AQSH-Isroilning Islom Respublikasiga qarshi operasiyasi to‘rt-besh hafta davom etishi mumkinligini aytgan edi.
Ayni paytda, Abu-Dabi va Maskat o‘zlarining havo mudofaasi tizimlarini mustahkamlash ustida shoshilinch ish olib bormoqdalar. Xususan, BAA o‘z ittifoqchilaridan o‘rta masofali havo mudofaasi tizimlari bo‘yicha yordam so‘ragan, Qatar esa dronlardan himoya qilishni talab qilmoqda.