O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo Futbol Konfederasiyasi mazkur o‘yin bo‘lib o‘tadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, BAA — O‘zbekiston o‘yini 5 iyun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Abu Dabidagi "Al Nahyan Stadium" stadionida bo‘lib o‘tadi.
BAA — O‘zbekiston
5-iyun, soat 21:00
Abu Dabi, "Al Nahyan Stadium" stadioni.