Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

BAA kompaniyasi o‘zbekistonliklarni Dubayda taksichilikka jalb qilishni rejalashtirmoqda

BAA kompaniyasi o‘zbekistonliklarni Dubayda taksichilikka jalb qilishni rejalashtirmoqda

📍 Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘zbekistonlik tajribali haydovchilarni ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Muzokaralar O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari va Dubai Taxi Company PJSC rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

🔴 Muzokaralarning asosiy yo‘nalishlari:
– O‘zbekstandan malakali haydovchilarni BAAda qonuniy va munosib ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi.
Dubai Taxi Company rahbari Sayid Amin Abdurahmon o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb etish jarayonini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
– Shuningdek, u tashqi mehnat migrasiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatini ham ifoda etdi.

🔴 Ish o‘rinlari bo‘yicha reja:
– Dastlabki bosqichda kompaniya 200 nafar o‘zbekistonlik haydovchini taksi haydovchisi sifatida ishga qabul qilishni rejalashtirgan.
– Agar ularning mehnat samaradorligi yuqori bo‘lsa, keyinchalik yana 500 nafar haydovchi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

🔴 Kelgusidagi hamkorlik:
– Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Mehnat agentligi va Dubai Taxi Company PJSC vakillari mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilishga kelishib oldilar.

Kiritildi: 09:05 25.10.2025. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!