Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Azizbek Amonov: "Ikkinchi bo‘limda Kolumbiya bilan tengma-teng harakat qildik"

Azizbek Amonov: "Ikkinchi bo‘limda Kolumbiya bilan tengma-teng harakat qildik"

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Azizbek Amonov Kolumbiyaga qarshi kechgan jahon chempionatidagi debyut uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va o‘yin haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.

"Avvalambor, assalomu alaykum! O‘yinning birinchi bo‘limida biz ko‘proq raqibga moslashishga harakat qildik. Tanaffusdan so‘ng yigitlar o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yanada tiklab, maydonga tushishdi. Ikkinchi bo‘limda raqib bilan deyarli tengma-teng harakat qildik, hatto ba’zi jabhalarda ulardan ustunroq ham ko‘rindik.

Xudo xohlasa, keyingi uchrashuvlarda vaziyatni o‘nglashga va yaxshilashga harakat qilamiz. Raqib tarkibida Luis Dias va Xames Rodriges kabi futbolchilar juda faol harakat qilishdi va himoyamizni ancha qiynab qo‘yishdi. Aynan ularning mahorati bugungi o‘yindagi ko‘p narsani hal qildi, deb o‘ylayman. Nima bo‘lganda ham, jahon chempionatidagi har bir uchrashuvning o‘ziga yarasha murakkabligi bor", — dedi Amonov.

Kiritildi: 10:41 18.06.2026. O'qildi: 1100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!