Bugun 31 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Ayubxon Kamolov Namangan shahri hokimi etib tayinlandi

Ayubxon Kamolov Namangan shahri hokimi etib tayinlandi

Shaharning sobiq hokimi pora olishda ayblanib qo‘lga olingan edi.

Namangan shahri xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashkari sessiyasida Ayubxon Kamolov shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. U Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimidan yangi vazifasiga o‘tkazildi.

Ayubxon Kamolov 2019-2020 yillarda Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, so‘ngra 5 yil davomida Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Yangi hokim 1971 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1993 yilda Leningrad qishloq xo‘jaligi institutini, 2001 yilda Namangan muhandslik-pedagogika institutini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 1993 yilda Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Statistika bosh boshqarmasida mutaxassis sifatida boshlagan.

Ayubxon Kamolov 1994-2017 yillarda bank va Moliya vazirligi tizimlarida, 2017-2019 yillarda Moliya vazirligi Investitsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish davlyat jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Namangan shahri sobiq hokimi Anvar Otaxujayev bir necha oy oldin 60 ming dollar pora olishda ayblanib qo‘lga olingan edi.

Kiritildi: 13:19 29.10.2025. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!