Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Aytjan Xalmaxanov 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan ilk sportchimizga aylandi

Aytjan Xalmaxanov 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan ilk sportchimizga aylandi

Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatidan xushxabar. Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda janubiy koreyalik Chung Xan-Jayeni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.

Bu so‘nggi 24 yil ichida yunon-rum kurashu bo‘yicha dunyo birinchiligida o‘zbekistonlik atletlarning qo‘lga kiritgan dastlabki oltin medali bo‘ldi. Barakalla, Aytjan!

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishga erishdi.

Oltin medal:
-63 kg: Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi)

Kumush medal:
-60 kg: Alisher G‘aniyev (yunon-rum kurashi)

Bronza medal:
-57 kg: G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash)
-65 kg: Umidjon Jalolov (erkin kurash)
-72 kg: Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi)

Kiritildi: 23:13 21.09.2025. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!