Endilikda TOP-300 talik ro‘yxatga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olgan yosh mutaxassislarga qo‘shimcha ustama beriladi.
Prezidentning 19.06.2025 yildagi PF-95-sonli Farmoni bilan 13.07.2021 yildagi PF-6260-sonli Farmoniga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 300 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab boriladi.
Ma’lumot uchun: ushbu to‘lovlar avvalroq TOP-500 reytingiga kiruvchi xorijiy ta’lim muassasalarini tamomlaganlarga nisbatan qo‘llanilgan.