Qonunchilikka ko‘ra, ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan vaqtida voyaga yetganligi (18 yoshga to‘lganligi) munosabati bilan vasiyligi (homiyligi), oilaga tarbiyaga (patronat) berilganligi to‘htatilgan yoki bekor qilingan o‘quvchilarga shaxsiy xarajatlari uchun muassasani tamomlagunlariga qadar har oyda BHMning 2 baravari (660 ming so‘m) miqdorida pul mablag‘lari berilishi belgilangan.