Hukumat qarori (10-son, 11.01.2024 y.) bilan “Muomalaga chiqarilayotgan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi transport vositalari va mashinalarining xavfsizligi to‘g‘risida” gi texnik reglament tasdiqlandi.
Texnik reglament quyidagilarni nazarda tutadi:
- muomalaga chiqarilayotgan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi transport vositalari va mashinalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini;
- texnika vositalarini identifikasiya qilish qoidalari, texnika vositalarining reglament talablariga muvofiqligini baholash va tasdiqlashni;
- texnika vositalarini muomalaga chiqarish qoidalari hamda muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alashni;
- reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatishni.
Reglament quyidagi texnika vositalariga nisbatan qo‘llaniladi:
- traktorlar (T va S toifalar);
- tirkamalar (R toifa);
- almashadigan tirkama mashinalar (S toifa);
- o‘ziyurar, osma, yarim osma, tirkama va o‘rnatiladigan mashinalar;
- bog‘dorchilik-uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik, kartoshkachilik, rezavor meva va dorivor o‘simlikchilik hamda o‘rmonchilikda qo‘llaniladigan mexanizasiyalashgan kichik mexanizasiya vositalari, shu jumladan, motokultivator, motoo‘rish moslamasi, motoarava va elektrlashtirilgan mexanizasiya vositalari va boshqalar;
- chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va oziqa tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan mashinalar;
- urug‘larni, g‘allani yoki dukkakli sabzavotlarni tozalash, saralash yoki kalibrovka qilish uchun mashinalar.
Texnik reglament umumiy talablar, shu jumladan, boshqa texnik reglamentlar bilan tartibga solinadigan texnika vositalarini ishlab chiqarish, sotish va yo‘q qilish jarayonlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.