Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Ayrim elchixonalarda madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

Ayrim elchixonalarda madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

“O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarini yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–15-son, 30.01.2026 y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, O‘zbekistonning mazkur Farmon ilovasida belgilangan davlatlardagi elchixonalarining shtat jadvaliga qo‘shimcha ravishda madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritiladi.

✅ Ushbu lavozim xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning madaniyat va turizm sohalaridagi tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilgan.

📁 Maslahatchi lavozimiga tayinlash va undan ozod etish Prezidenti Administrasiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘i taqdimnomasiga muvofiq tashqi ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.

⏭️ Maslahatchi tegishli davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbariga bo‘ysunadi va uning 2 tomonlama munosabatlarni rivojlantirish faoliyatiga ko‘maklashadi.

📙 Maslahatchi Prezidenti Administrasiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘iga hisobdor bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!