Amerikalik ayol Tia Frimen turk mehmonxonasida “YouTube” videosiga qarab chaqalog‘ini dunyoga keltirdi.
22 yoshli qiz homiladorlikning uchinchi uch oyligida edi. Frimen homiladorligini uzoq vaqtga qadar bilmagan, chunki vazni qariyb o‘zgarmagan edi. Boshqa o‘zgarishlari esa u gormonal preparatlar ichib yurganidan deb bilgan.
U farzand kutayotganini yigitiga Germaniyaga, uning yoniga yetib borganida aytmoqchi edi. Biroq to‘lg‘oq Turkiyadap boshlanib qoldi.
Dastlab Frimen samolyotda yegan balig‘idan zaharlanib qoldim, deb o‘yladi. Ammo “Google”ga kirib, alomatlarini yozgach, bolasi tug‘ilayotganini tushunib yetdi.
Inglizzabon Frimen mahalliy shifokorlar bilan til topisha olmasligini tushunib yetgach, tug‘ish haqidagi materiallarni internetdan qidira boshladi.
“YouTube” roliklarini ko‘rib chiqqan qiz vannani suv bilan to‘ldirib, qulayroq o‘tirib oldi, tishlari bilan sochiqni qattiq tishladi va... birozdan so‘ng bolakay dunyoga keldi.
Jarayon tugagach, Frimen o‘g‘lini ovqatlantirib, uxlashga yotdi.
Ertalab ular Ksavye (u bolasiga shunday ism qo‘ydi) bilan aeroportga yo‘l olishdi. U yerda yosh onaga bolaga hujjat olish uchun Amerika elchixonasiga murojaat qilishni maslahat berishdi. Frimen hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqni tekshirib ko‘rgan tibbiyot xodimlari ularning mutlaqo sog‘lom ekanligini tasdiqlashdi.
Manba: life.ru