Bugun 6 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Aybsiz aybdor oqlandi

A A A
Aybsiz aybdor oqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy Sudining 2012 yil 21 iyundagi hukmida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi xodimi A. D. 2008 yil Nukus dehqon bozorida naqd pul tushimi bo‘yicha tadbirda yurganida bozor rahbari bilan tanishib, uning shu bozorda erkin ishlashi uchun oyiga 1 million so‘m oziq-ovqat va xo‘jalik buyumlarini olib turishga kelishib, 2012 yil fevral oyigacha 18 million so‘m miqdorida pora sifatida oziq-ovqat mahsulotlarini olganligi bozor raisi va uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan A. D. 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Fuqaro A. D sud hukmiga kacsasiya tartibida ariza bilan murojaat qiladi. Sud qaroridan norozi bo‘lgan fuqaro 5 yil davomida kurashdan to‘xtamaydi. Natijada, 2018 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudiga ariza kiritadi. Sud jarayonida dalillar, ma’lumotlar yozilgan kitobcha ekspertiza orqali tekshirilgach fuqaro oqlandi. Unga yetkazilgan zarar qoplanishi belgilandi.

Kiritildi: 07:49 23.05.2019. O'qildi: 1330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!