Nigeriyada yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan murabbiylar – Sina Gami va Kevin Ayodelening jasadlari Buyuk Britaniyaning London shahriga olib kelindi. Bu haqda "Boxing King Media" nashri xabar bermoqda.
Taxminlarga ko‘ra, dafn marosimi yaqin ikki kun ichida Londonda bo‘lib o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mudhish avtohalokatda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua do‘stlari bilan dam olish uchun Nigeriyaga kelganidan so‘ng Lagos - Ibadan trassasida sodir bo‘ldi. Sportchi o‘tirgan "Lexus" yo‘lda turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Natijada ikki murabbiy voqea joyida vafot etgan. Joshua va haydovchi esa mo‘jizaviy tarzda omon qolgan.