Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Avtobusni ariqqa qulatgan “Nexia” qidirilmoqda

A A A
Avtobusni ariqqa qulatgan “Nexia” qidirilmoqda

Shanba kuni 14:52 da Toshkentning Yashnobod tumanida salonida 20 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan 119-sonli “Isuzu” avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Ohangaron ko‘chasi bo‘ylab Qo‘yliq 1-mavzesi tomonga harakatlanib ketayotgan avtobus (davlat raqami 01 023 YEDA) oldidan fil suyagi rangidagi “Nexia” avtomobili keskin o‘ngga burilishi oqibatida avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, mashina Tolariq arig‘iga tushib ketgan. Bu paytda avtobusning tezligi soatiga 27 km ni tashkil etgan. “Nexia” hodisa joyidan yashiringan.

«Gazeta.uz"ga «Toshshahartransxizmat» kompaniyasidan xabar qilinishicha, hodisa natijasida yo‘lovchilardan he kim jabrlanmagan, biroq avtobus haydash bo‘yicha yetti yillik tajribaga ega haydovchi — Abdurashid Qo‘ziboyev (1981 y. t.) jarohatlangan. Unga bosh miya chayqalishi tashxisi bilan Respublika nevrologiya markazida ambulator davolash yordami ko‘rsatildi.

Hozirda Toshkent IIBB YHHB tomonidan fil suyagi rangidagi “Nexia” avtomobili qidirilmoqda. Mazkur voqeaga guvoh bo‘lganlardan «Toshshahartrasxizmat» harakat xavfsizligi bo‘limi xodimlariga (+99899 848-69-99) yoki IIBB YHHBga (230-94-52) xabar berish so‘raldi.

 

Kiritildi: 23:42 12.05.2018. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik