Jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash bo‘yicha nazorat kuchaytirilmoqda
Transport vazirligi yo‘lovchilarni avtobusga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashga chaqirdi.
Nazorat tadbirlari vaqtida inspektorlar avtobusdagi validatorlardan foydalanishni vaqtincha cheklashi yoki bloklashi mumkin.
Shu sababli yo‘l haqini inspektor kirgandan keyin yoki bekatga yetgach to‘lashning imkoni bo‘lmasligi mumkin. Yo‘l haqini avtobusga chiqishingiz bilanoq to‘lang.