Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga 440 ming so‘mgacha jarima taklif etilmoqda

Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga 440 ming so‘mgacha jarima taklif etilmoqda


Yo‘l haqini birinchi marta to‘lamagan yo‘lovchiga 220 ming so‘m, takroran qoidabuzarlik sodir etilsa, 440 ming so‘mgacha jarima qo‘llash taklif etilmoqda.

📅 Shu bilan birga, 1 sentyabrdan shahar avtobuslarida yo‘lovchi avtobusga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashi yoki imtiyozini tasdiqlashi shart bo‘ladi.

To‘lovni transport yoki ijtimoiy karta, bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz vositalar orqali amalga oshirish mumkin.

📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, yilning dastlabki 7 oyida 82 mingdan ortiq yo‘lovchi yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan. Ulardan 2 mlrd so‘mdan ortiq jarima undirilgan.

Hozirda jarimani oshirish bo‘yicha takliflar Qonunchilik palatasiga kiritilgan.

Kiritildi: 20:03 17.08.2026. O'qildi: 1114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!