"A" harfi chizilgan, alohida ajratilgan tasmada to‘xtab turib, avtobus va boshqa yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bergan haydovchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilmoqda, Bu haqida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga ko‘ra, hech qanday sababsiz mazkur tasmaga o‘tib harakatlangan haydovchilar BHMning 50 foizi, ajratilgan tasmada sababsiz to‘xtab turgan haydovchilar esa 128-6-moddasiga ko‘ra BHMning 2 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 375 000 so‘m etib belgilangan.