Ukraina prezidenti ofisining xabar berishicha, mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy oilasining 2024 yildagi umumiy daromadi 15 million 286 ming grivnani (taxminan 340 ming yevro) tashkil etdi.
E’lon qilingan soliq deklarasiyasiga ko‘ra, ushbu mablag‘larning yarmidan ko‘pi, ya’ni 8,5 million grivnadan ortig‘ini Zelenskiy oilasi davlat obligasiyalari to‘lovlari hisobiga olgan. Qolgan mablag‘lar prezident maoshi, bank foizlari va shaxsiy ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromaddan shakllangan.