Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nigeriyalik bokschi jang paytida vafot etdi

Nigeriyalik bokschi jang paytida vafot etdi

Nigeriyalik bokschi Gabriel Oluvasegun Olanrevadju 40 yoshida Ganadagi jang vaqtida yiqilib, vafot etdi.

Bu haqda Gana Boxing Authority (GBA) xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bokschi Gana poytaxti Akkra shahrida ganalik Jon Mbanuguga qarshi kechgan yarim og‘ir vazndagi jangining uchinchi raundida hushini yo‘qotgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, Olanrevadju Korle-Bu kasalxonasiga olib borilgan va u kelganidan 30 daqiqa o‘tgach vafot etgani ma’lum qilingan.

Olanrevaju 13 g‘alaba (12 nokaut bilan), 8 mag‘lubiyat, 2 durang. U Rossiyada beshta jang o‘tkazib, barchasida mag‘lub bo‘lgan. Professional ringda Olanrevaju Nigeriya va G‘arbiy Afrika chempioni bo‘ldi va Afrika chempioni unvoni uchun boksga chiqdi.

Kiritildi: 21:48 31.03.2025. O'qildi: 1409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!