Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Avstriya texnikalari uchun 10 yilga kafolat beriladi

Avstriya texnikalari uchun 10 yilga kafolat beriladi

Avstriyaning “Bauer” kompaniyasi bilan Xorazmda 7,5 ming gektarda yomg‘irlab sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bunday texnologiya sinov tariqasida respublikadagi 24 ta fermerning 2,5 ming gektar maydonida joriy qilinib, suv sarfi 40 foizga, o‘g‘it sarfi 35 foizga, qo‘l mehnati 90 foizga kamayib, hosildorlik 25 foizga oshgan.

Bunda fermerlarga jami 15 million yevrolik yomg‘irlatib sug‘orish texnikalari tayyor o‘rnatilib, lizing asosida so‘mda yillik 2,5 foiz stavkada 10 yil muddatga beriladi.

Avstriya texnikalari uchun 10 yilga kafolat beriladi va mutaxassislar bepul o‘qitiladi.

Mutasaddilarga bu yil 1,5 ming gektarda 2 million yevrolik loyihani tajriba qilib, kelgusi yili buni 7,5 ming gektarda joriy qilish topshirildi.

Kiritildi: 14:03 02.05.2025. O'qildi: 701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!