Avstraliya va Singapur Yaqin Sharqdagi urush tufayli yuzaga kelgan global inqiroz sharoitida bir-biriga energiya xavfsizligini ta’minlashda ko‘maklashishga kelishib oldilar.
Singapur Bosh vaziri Lourens Vong avstraliyalik hamkasbi Entoni Albaneze bilan uchrashuvda yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatilmasligini kafolatladi.
Yangi bitimga ko‘ra, ikki davlat qayta ishlangan yoqilg‘i va suyultirilgan tabiiy gaz ta’minotida o‘zaro ustuvorlik beradi. Shuningdek, ushbu kelishuv ikki mamlakat o‘rtasidagi erkin savdo shartnomasiga yuridik jihatdan majburiy bo‘lgan qo‘shimcha sifatida kiritiladi. Bu qadam mintaqada energiya resurslari taqchilligining oldini olishga qaratilgan.