Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi

Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi

Avstraliya, agar Xitoy Tayvanga hujum qilsa, AQSh tarafida harbiy amaliyotlarda ishtirok etishni oldindan va’da qilmasligini aytdi. Bu Vashingtonning chaqirig‘iga Kanberraning javobi.

Agar Xitoy Tayvanga hujum qilsa, Avstraliya oldindan AQSh tarafida harbiy amaliyotlarda ishtirok etish majburiyatini olmaydi. 13 iyul, yakshanba kuni Avstraliya radioeshittirish korporasiyasiga (ABC) mudofaa sanoati vaziri Pet Konroy “Avstraliya qo‘shinlarini istalgan mojaroga jo‘natish to‘g‘risidagi qarorni hukumat zarur bo‘lganda qabul qiladi, oldindan emas”, dedi. U Avstraliya o‘z suverenitetini birinchi o‘ringa qo‘yishini ta’kidladi.

12 iyul kuni Financial Times gazetasining xabar berishicha, AQSh Mudofaa vazirining harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Elbrij Kolbi so‘nggi oylarda AQShning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng muhim ittifoqchilari bo‘lmish Avstraliya va Yaponiyani Tayvan bo‘yicha mojaro avj olgan taqdirda o‘z rejalarini oshkor qilishga chaqirgan. O‘sha kuni Kolbi X ijtimoiy tarmog‘ida Pentagon “prezidentning birinchi Amerika dasturini amalga oshirishga e’tibor qaratgani”, bu “ittifoqchilarni mudofaa xarajatlarini oshirishga va jamoaviy mudofaa bilan bog‘liq boshqa sa’y-harakatlarni rag‘batlantirish”ni o‘z ichiga olganini yozgan. AQSh rasmiysi Yevropa davlatlarining Donald Tramp talab qilganidek, mudofaa xarajatlarini oshirish qarorini ijobiy misol sifatida keltirdi.

Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze bu xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi. Albaneze yaqinda Kanberra Tayvanning status-kvosini, ya’ni uning materik Xitoydan de-fakto mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini aytdi, deb xabar beradi dw.com.

Kiritildi: 16:21 15.07.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!