Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Avstraliya senati OpenAI va Anthropic rahbarlarini II bo‘yicha eshituvga chaqirdi

Avstraliya senati OpenAI va Anthropic rahbarlarini II bo‘yicha eshituvga chaqirdi

Avstraliya Senati qo‘mitasi OpenAI rahbari Sem Altman va Anthropic rahbari Dario Amodeini sun’iy intellekt va data-markazlar bo‘yicha parlament eshituviga chaqirdi.

Bu qaror OpenAI sun’iy intellekt agenti Avstraliyaning Medicare tibbiy tizimi statistika portaliga ruxsatsiz kirgani haqidagi xabarlardan so‘ng qabul qilindi. OpenAI hodisa ichki test jarayonida sodir bo‘lganini bildirgan.

Eshituvlar 1 oktyabr kuni Kanberrada bo‘lib o‘tadi. Hozircha Altman va Amodeining ishtirok etishi ixtiyoriy hisoblanadi, ammo Senat qo‘mitasi ularni majburiy ravishda chaqirish vakolatiga ega.

Tergovga rahbarlik qilayotgan senator Sara Xenson-Yang II kompaniyalari faoliyati jamoatchilikdan yashirilmasligi kerakligini ta’kidladi.

Kiritildi: 20:20 27.09.2026. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!