Avstraliya bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa vaziri Richard Marlz Ukraina Qurolli Kuchlari (UQK) askarlarini Polsha hududida tayyorlash rejalari haqida xabar berdi.
«Avstraliya Mudofaa kuchlari harbiy xizmatchilari Avstraliyaning Ukraina mudofaasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha doimiy majburiyatlari doirasida Polshada ukrainalik askarlarni o‘qitadi», — deya keltiradi uning so‘zlarini vazirlik matbuot xizmati.
Marlzning ta’kidlashicha, «Kudu» operasiyasi doirasida avstraliyaliklar 3650 nafardan ortiq UQK askarini bazaviy piyoda askarlik ko‘nikmalari, taktika va qo‘mondonlik asoslariga o‘rgatgan.