Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Avstraliya AQShdan 1,5 milliard dollarlik HIMARS tizimlarini sotib oladi

Avstraliya AQShdan 1,5 milliard dollarlik HIMARS tizimlarini sotib oladi

Mamlakat armiyaning uzoq masofaga zarba berish imkoniyatlarini oshirish maqsadida Qo‘shma Shtatlardan qo‘shimcha 50 ga yaqin HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlarini xarid qiladi.

AAP agentligining xabar berishicha, yangi tizimlar Janubiy Avstraliyadagi Edinburg bazasida joylashgan polk ixtiyoriga beriladi. Ushbu majmualar ikki mamlakat hamkorlikda ishlab chiqayotgan "Precision Strike Missile" yuqori aniqlikdagi raketalari bilan jihozlanishi rejalashtirilgan. Keyingi avlod raketalarining uchish masofasi 1000 kilometrdan oshishi kutilmoqda.

Avstraliya Mudofaa vaziri Richard Marlzning ta’kidlashicha, ushbu investisiyalar mamlakatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash va uzoq masofadagi nishonlarga zarba berish qobiliyatini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Kiritildi: Bugun 18:54. O'qildi: 171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!