Bugun 4 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Avgust oyida narxlar qanchaga o‘sdi?

Avgust oyida narxlar qanchaga o‘sdi?

2019 yilning avgustida iste’mol bozoridagi o‘rtacha narxlar darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 2,9 foizni tashkil etdi. Bu haqda Statistika davlat qo‘mitasi ma’lum qildi. Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 8,2 foizga qimmatlashdi. 2018 yilning avgust oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 16,5 foiz oshgan.

Taqqoslash uchun: 2018 yilning avgustida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 0,3 foiz qimmatlashib, 2017 yilning dekabr oyiga nisbatan 6,2 foiz, 2017 yilning avgustiga nisbatan esa 15,7 foiz oshgan.

Kiritildi: 16:43 05.09.2019. O'qildi: 3489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!