Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablar belgilandi

“Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan” asosiy talablar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3684-son, 08.10.2025 y).

🔰 Mazkur asosiy talablar loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan va foydalanilayotgan atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

✅ Ehtimoliy xavfsizlik tahlili quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:

🔹 atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligining ehtimoliy ko‘rsatkichlarini hisoblash;

🔹 og‘ir avariyalar va katta avariyaviy tashlanmalar ehtimolini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan normativ chegaralar bilan taqqoslash;

🔹 atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ustuvorliklarni belgilash;

🔹 atom elektr stansiyasi bloki tizimlarini (elementlarini) modernizasiya qilish tadbirlarining atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligiga ta’sirini baholash.

✔️ Ehtimoliy xavfsizlik tahlili natijalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:

➖ xavfsizlik uchun muhim bo‘lgan atom elektr stansiyasi bloki tizimlarining ishonchliligini baholash;
➖ nazorat va tekshiruv ishlarini rejalashtirish va baholash;
➖ loyihaviy avariyalar uchun boshlang‘ich hodisalar ro‘yxatini asoslash;
➖loyihadan tashqari avariyalar ro‘yxatini asoslash.

❗️Ehtimoliy xavfsizlik tahlilini o‘tkazish uchun atom elektr stansiyasini ekspluatasiya qiluvchi tashkilot mas’ul hisoblanadi.

Kiritildi: 17:14 08.10.2025. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!