24 noyabr kuni kechki 19:00 dan so‘ng Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolisiya) tomonidan tashkil etilgan ekologik nazorat tadbirlari Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota va Toshkent tumanlari, shuningdek, Toshkent shahrida tuzilgan 4 ta tezkor guruh tomonidan amalga oshirildi.
Tadbirlar qo‘shimcha ravishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar idoralari xodimlari ham jalb qilinib, ularning faoliyati muvofiqlashtirib borildi.
Reyd davomida jami 103 ta korxona va iqtisodiy faoliyat yurituvchi obektlar tekshirilib, ularning atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga qay darajada rioya qilayotgani o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida 38 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan jami 34,8 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va qonun talablarini buzgan 18 ta ob’ekt faoliyati 10 kunga vaqtincha to‘xtatildi.