Astana-Samarqand yo‘nalishida yangi reys ochildi. Samolyotlar Turkiston shahrida ham to‘xtaydi, deb xabar beradi Kazinform.
Yangi muntazam reys ikki davlat o‘rtasida ziyorat turizmini rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Shunga ko‘ra, bu yil Qozog‘istondan O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni 3 millionga ko‘payishi mumkin.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlar haftada ikki marta, payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Astanadan uchayotgan samolyotlar Turkiston shahrida 40 daqiqa to‘xtab, keyin Samarqandga yo‘l oladi.