Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Asossiz hisoblangan qarzdorlik bartaraf etildi

Asossiz hisoblangan qarzdorlik bartaraf etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga Ohangaron tumanida faoliyat yuritayotgan MCHJ vakili murojaat qilib Ohangaron shahar elektr ta’minoti xodimlaritomonidan jamiyatga nisbatan asossiz hisoblab chiqarilgan qarzdorlikni qayta ko‘rib chiqishda amaliy yordam so‘ragan.

Murojaatda ko‘tarilgan masala Vakil devoni xodimlari tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyati hududiy filiali va Ohangaron shahar elektr ta’minotimas’ullari va bevosita murojaatchining ishtirokida o‘rganib chiqilib taqdim etilgan hujjatlar asosida batafsil o‘rganib chiqildi va xaqiqatdan ham tadbirkorlik subyektiga nisbatan qarzdorlik noto‘g‘ri hisoblanganligi aniqlanib,qayta hisob natijasida oldin hisoblangan 23,1mln.so‘m o‘rniga 9,2 mln.so‘mga qayta hisob kitob qilib berildi.

Kiritildi: 20:07 16.05.2024. O'qildi: 1058 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!