Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi

Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Efiopiyadagi elchisi (qarorgohi Doha shahrida) Ashraf Xodjayev Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi Prezidenti Taye Atske-Selassiyega ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Marosim doirasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Efiopiya Prezidenti O‘zbekistonning mamlakatdagi elchisi tayinlanganini mamnuniyat bilan qarshi oldi. U ikki tomonlama munosabatlarning izchil rivojlanishi va amaliy hamkorlikning yanada kengayishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston elchisi o‘z nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu tilaklari va samimiy salomini yetkazdi hamda o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi

Efiopiya yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yayotgani uchun minnatdorlik bildirdi va o‘zining ezgu tilaklarini yo‘lladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1996 yil 15 iyulda o‘rnatilgan.

Ashraf Xo‘jayev 2024 yil fevralidan buyon O‘zbekistonning Qatardagi elchisi hisoblanadi. U 2025 yil oktyabridan e’tiboran o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Janubiy Afrika Respublikasidagi elchisi sifatida ham akkreditasiyadan o‘tgan.

Kiritildi: 13:10 24.06.2026. O'qildi: 978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!