Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

As-Suvaydadagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi

As-Suvaydadagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi

Suriya janubidagi As-Suvayda viloyatida 13 iyuldan buyon davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarda 298 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, jamiyatlararo to‘qnashuvda halok bo‘lganlarning umumiy soni 1119 nafarga yetdi.

Bu haqda Sky News Arabia tibbiy manbalarga tayanib xabar berdi. Avvalroq 940 kishi halok bo‘lganligi haqida ma’lumot berilgan edi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, druzlar o‘zini-o‘zi mudofaa qilish bo‘linmalari safida 427 nafar jangchi halok bo‘lgan. Barqarorlikni tiklash uchun Damashqdan janubiy viloyatlarga yuborilgan Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining maxsus kuchlari 354 nafar harbiyni, hukumatparast arab qabila tuzilmalari esa 21 nafar milisionerini yo‘qotdi. Isroil havo hujumlari natijasida ichki xavfsizlik kuchlarining yana 19 nafar xodimi halok bo‘ldi.

Kiritildi: 11:10 21.07.2025. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!