Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

"Arsenal" - "Real" uchrashuvining qahramoni aniqlandi

"Arsenal" - "Real" uchrashuvining qahramoni aniqlandi

"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan "Real"ga (3:0) qarshi birinchi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

26 yoshli angliyalik ikki bor jarima zarbasini golga aylantirdi.

"Yarim himoyachi o‘yinni ajoyib tarzda o‘tkazdi. U eng kerakli paytda jarima zarbalaridan ikki marta fantastik gol urdi. Uning kuchi va chidamliligi "Arsenal"ga ikkinchi bo‘limni faol o‘tkazishga yordam berdi. Raysning chiziqlar orasidagi harakatlari yaxshi edi va chap tomonda u Martinelli bilan muvaffaqiyatli kombinasiya qildi va bu sovringa to‘liq loyiq edi!" - deya qayd etdi UEFA texnik kuzatuvchilari guruhi.

Javob o‘yini kelasi chorshanba, 16 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

"Arsenal" - "Real" uchrashuvining qahramoni aniqlandi

Kiritildi: 05:43 09.04.2025. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!