Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

"Arsenal"ga qarshi o‘yinda "Real"ning ikki futbolchisi jarohat oldi

"Arsenal"ga qarshi o‘yinda "Real"ning ikki futbolchisi jarohat oldi

Londonning "Arsenal" klubiga qarshi o‘yinda (0:3) Madridning "Real" klubining biryo‘la ikki futbolchisi sog‘lig‘ida muammolar kuzatildi.

Gap David Alaba va Federiko Valverde haqida ketmoqda. Avstriyalik futbolchi uchrashuvning 79-daqiqasida zaxiraga olindi, urugvaylik futbolchi esa o‘yin oxiriga qadar o‘ynadi. Jurnalist Gilyermo Rayning ma’lum qilishicha, ikkala futbolchi ham mushaklarida noqulaylik sezmoqda, ammo "Real"dagilar jarohatlar ahamiyatsiz ekanini taxmin qilmoqda. Tez orada qo‘shimcha tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi.

13 aprel, yakshanba kuni Karlo Anchelotti jamoasi La Ligada "Alaves"ga qarshi bahs olib boradi. Uch kundan keyin "Arsenal" bilan javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:35 09.04.2025. O'qildi: 831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!