Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

"Arsenal" birdaniga "Manchester Siti"ning ikki futbolchisini sotib olmoqchi

"Arsenal" birdaniga "Manchester Siti"ning ikki futbolchisini sotib olmoqchi

"Manchester Siti" futbolchilari Jek Grilish va Fil Foden yozgi transfer oynasida Londonning "Arsenal" klubiga yangi kelib qo‘shilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar qatorida ko‘rilmoqda.

Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, ikkala futbolchi ham "Siti"ni tark etishga yaqin turibdi va o‘z faoliyatini ular bilan avvalroq Pep Gvardiolaning yordamchisi sifatida ishlagan Mikel Arteta qo‘l ostida davom ettirishi mumkin.

Qayd etilishicha, Grilish uchun "Tottenxem" va "Everton" klublari ham da’vogarlik qilmoqda. Foden yomon o‘tgan mavsumdan so‘ng yangi motivasiya va o‘yin amaliyoti izlab klubini o‘zgartirishi mumkin.

Kiritildi: 09:13 15.06.2025. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!