Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Arnasoy va Zarbdorda ayollarga kelinlik sarpolari olib berildi

Arnasoy va Zarbdorda ayollarga kelinlik sarpolari olib berildi

Byuroning Arnasoy va Zarbdor tuman bo‘limlarida kelinlik sarpolari va boshqa mol-mulklar bo‘yicha nizoga chek qo‘yildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning qarorlari asosida qarzdorlarning mol-mulklari undiruvchilarga qaytarilishi ta’minlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, sobiq turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi mulkiy nizo kelinlik sarpolariga ham ta’sir etgan. Ayollar o‘zlariga tegishli bo‘lgan sarpolarni sobiq turmush o‘rtoqlarining uylaridan olib ketishga uringanlarida qarshilikka uchraganlar. Kelinlik sarpolari yangi hayot boshlash uchun muhim bo‘lganligi sababli, ayollar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga majbur bo‘lishgan.

Sud qarorlariga asosan Byuroning Arnasoy va Zarbdor tuman bo‘limlariga qarzdorlardan undiruvchilar foydasiga 32 turdagi mol-mulkni olib berish belgilangan.

Ijro harakatlari natijasida undiruvchilarning barcha mol-mulklari, shu jumladan kelinlik sarpolari ham, to‘liqligicha qaytarib berildi va ijro hujjatlarining ijrosi tamomlandi.

Kiritildi: 11:33 14.04.2025. O'qildi: 1844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!