Wildberries omboriga hujum qilingani haqida Samara gubernatori Vyacheslav Fedorishchev xabar berdi, uning ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida qurbonlar bo‘lmagan. U bu hujumni “dushmanning navbatdagi terrorchilik akti” deb atadi. Wildberries matbuot xizmati ham hujum faktini tasdiqlab, jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qilgan va logistik zanjir qayta yo‘lga qo‘yilganini qo‘shimcha qilgan.
Ukraina Qurolli kuchlari Uchuvchisiz tizimlar kuchlari qo‘mondoni Robert Brovdi “Madyar” laqabli) Wildberries'ning Samaradagi ombori Rossiyaning Yevropa qismi hamda Sibir o‘rtasidagi asosiy ko‘prik bo‘lganini aytib, bu so‘nggi zarba emasligi aniqligini ta’kidladi.
18 iyuldan buyon ukrain dronlari Wildberries'ning Rossiya bo‘ylab jami 16 ta omboriga zarba berdi, jumladan, front chizig‘idan ancha olisda bo‘lgan hududlarga ham ukrain dronlari uchib kelmoqda. Samara viloyatidagi ombor kompaniyaning hujumga uchragan 17-ob’ekti bo‘ldi.