Qonun uchun faqat hukmron “Fuqarolik shartnomasi” fraksiyasi vakillari — 64 deputat ovoz berdi. Muxolifatdagi “Hurmatim bor” fraksiyasi qonunga norozilik bildirdi, “Armaniston” fraksiyasi deputatlari esa ovoz berishda ishtirok etmadi.
Yanvar oyida mamlakat hukumati Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi.
Bosh vazir Nikol Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Armanistonning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bo‘yicha yakuniy qaror umumxalq referendumi orqali qabul qilinishi kerak.