Armaniston Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqidan to‘satdan chiqib ketmaydi, bu puxta rejalashtirilgan qadam bo‘ladi — mamlakat bosh vaziri.
Nikol Pashinyan aprel oyida Rossiyaga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida Vladimir Putinga 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi sammitida ishtirok eta olmasligini ma’lum qilganini aytdi.
"Bizning Rossiya manfaatlariga zarar yetkazish niyatimiz bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Shu bilan birga, Armaniston hukumati bundan buyon ham o‘z milliy manfaatlariga tayanib ish ko‘rishda davom etadi", — dedi Pashinyan.