Xabarlarga ko‘ra, tizim 2024 yil iyulida tuzilgan 500 million dollarlik maxfiy shartnoma doirasida yetkazib berilgan.
Ma’lumot uchun, Majid 4x4 mobil zenit-raketa tizimi nishonlarni elektro-optik sensorlar yordamida aniqlaydi. U Qo‘shma Shtatlar bilan urushda F-35 qiruvchisini aniqlab, zarba bergan deb ishoniladi.
BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan Eronga qurol sotish va sotib olishga qo‘yilgan embargo o‘z kuchini yo‘qotgan. Ammo AQSh va YI bunga sanksiyalar bilan to‘sqinlik qilib kelmoqda. Biroq Armaniston bu ishni uddalaganiga qaraganda, Eron bilan harbiy hamkorlik o‘rnatishning imkoni bor.