Toshkentda yashovchi 72 yoshli H.YU. buxorolik tadbirkorga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Prezident Administrasiyasi mas’ul xodimi sifatida tanishtirgan.
U tadbirkorni korxona faoliyati tekshirilishi va mol-mulkidan ayrilishi mumkinligi bilan qo‘rqitib, muammoni hal qilish uchun 500 ming dollar talab qilgan.
Sud hujjatlariga ko‘ra, tadbirkor gumonlanuvchining bank kartasiga dastlabki to‘lov sifatida 10 mln so‘m o‘tkazgan. Pulni olganidan so‘ng u tezkor tadbirda ushlangan.
⚖️ Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi H.YU.ni juda ko‘p miqdorda tovlamachilik qilishda aybli deb topib, unga 8 yillik qamoq jazosi tayinlagan.
Sudlanuvchi sudda yarim million dollar talab qilmaganini bildirgan, biroq sud hukmi bilan aybli deb topilgan.