Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Argentinalik ko‘p minglab ishqibozlar AQShdagi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga bora olmaydi

Argentinalik ko‘p minglab ishqibozlar AQShdagi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga bora olmaydi

Argentinalik ba’zi muxlislar yozda AQShda bo‘lib o‘tadigan sayyoramizning eng yaxshi klublari ishtirokidagi turnirga kela olmaydi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

AQShning Buenos-Ayresdagi elchixonasiga 15 ming potensial xavfli futbol ishqibozlari ro‘yxati topshirildi.

"Biz uchun bu juda muhim, chunki Argentinadagi stadionlarda qonunni buzgan zo‘ravonlikka moil hech bir kishi ushbu musobaqaga tashrif buyura olmaydi," - deyiladi Argentina davlat xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrich bayonotida.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Argentina sharafini ikkita klub - "Boka Xuniors" va "River Pleyt" himoya qiladi.

Kiritildi: 18:29 13.05.2025. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!