Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Argentina terma jamoasi ustozi Lionel Skaloni Maradona va Messi o‘rtasida tanlov qildi

A A A
Argentina terma jamoasi ustozi Lionel Skaloni Maradona va Messi o‘rtasida tanlov qildi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchilar Lionel Messi va Diyego Maradona o‘rtasida tanlov qildi.

"Messi yoki Maradona? Men Messini tanlayman, chunki u bilan ishlayman va uning qanday futbolchi ekanligini bilaman. Mening fikrimcha, ularni taqqoslashning hojati yo‘q, aksincha ularning o‘yinidan zavqlanish kerak. Ishonchim komilki, ularning ikkalasi ham 70, 80, 90 yillarda va hozirgi paytda ham o‘zlarining yorqin iste’dodlarini namoyon eta olishlardi, chunki mohir futbolchi har doim mohir futbolchi bo‘lib qolaveradi," - deya Skalonining so‘zlarini jurnalist Alfredo Pedulla keltiradi.

Messi Argentina terma jamoasi safida 191 ta o‘yinda ishtirok etib, 112 ta gol urgan. Maradona esa 91 ta o‘yin o‘tkazib, 34 ta gol kiritgan.

Kiritildi: 16:29 14.05.2025. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!