Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Argentina terma jamoasi JCH-2026 uchun kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi

Argentina terma jamoasi JCH-2026 uchun kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi

Futbol bo‘yicha amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi JCH-2026 musobaqasida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini e’lon qildi. Bosh murabbiy Lionel Skaloni qaydnomaga jami 55 nafar futbolchini kiritdi.

Ro‘yxatdan Lionel Messi, Emiliano Martines va Lautaro Martines kabi yetakchilar bilan bir qatorda, Franko Mastantuono kabi yosh iqtidorlar ham joy olgan.

Kengaytirilgan tarkib bilan tanishing:

  • Darvozabonlar: Emiliano Martines ("Aston Villa"), Xeronimo Ruli ("Marsel"), Valter Benites (PSV), Xuan Musso ("Atletiko"), Fakundo Kambeses ("Rasing"), Santyago Beltran ("River Pleyt").

  • Himoyachilar: Nauel Molina ("Atletiko"), Gonsalo Montyel, Xerman Pesselya, Markos Akunya (barchasi — "River Pleyt"), Lisandro Martines ("Manchester Yunayted"), Nikolas Otamendi ("Benfika"), Kristian Romero ("Tottenxem"), Nikolas Talyafiko ("Lion") va boshqalar.

  • Yarim himoyachilar: Enso Fernandes ("Chelsi"), Rodrigo De Paul ("Inter Mayami"), Aleksis Mak Allister ("Liverpul"), Niko Pas ("Komo"), Alexandro Garnacho ("Chelsi"), Leandro Paredes ("Boka Xuniors"), Tyago Almada ("Atletiko").

  • Hujumchilar: Lionel Messi ("Inter Mayami"), Xulian Alvares ("Atletiko"), Lautaro Martines ("Inter"), Franko Mastantuono ("Real"), Matias Soule ("Roma").

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati startiga qadar ushbu ro‘yxat qisqartiriladi va yakuniy tarkib belgilab olinadi.

Kiritildi: 23:41 11.05.2026. O'qildi: 191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!