Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Argentina terma jamoasi 2022 yildagi Jahon chempionatini nohaqliklar evaziga yutgan edimi?

Argentina terma jamoasi 2022 yildagi Jahon chempionatini nohaqliklar evaziga yutgan edimi?

Fransiya terma jamoasi ustozi Didye Desham 2022 yilda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidagi Argentina terma jamoasining g‘alabasi haqida gapirdi.

"Men Argentina terma jamoasi JCH-2022ni hakamlarning yordami bilan yutgan deydigan odamlarga umuman tushunmayman. Ular mundialda 15ta gol urgan va ulardan faqatgina 4tasini penaltidan kiritgan. Ularning Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda 3ta goli bekor qilindi. Niderlandiyaga qarshi o‘yinda esa ortiqcha vaqt qo‘shib berilishi va shubhali jarima zarbasiga ham guvoh bo‘lganmiz. Finalda esa hamma narsa adolatli bo‘ldi. Biz ularni haqli g‘alaba bilan tabriklaganmiz", - dedi fransuzlar ustozi.

Ma’lumot uchun, dahshatli finalda Argentina terma jamoasi Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan edi.

Kiritildi: Bugun 19:19. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!