Argentina JCH-2026 yo‘llanmasi uchun Braziliya bilan o‘yinda 1 ochko to‘plashi kifoya.
Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Janubiy Amerikada safarda Urugvayni mag‘lub etdi (1:0).
Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa 13 o‘yinda 28 ochko to‘plagan holda saralash jadvalida peshqadamlik qilmoqda va 7-o‘rindagi Boliviyadan 15 ochkoga oldinda bormoqda.
Argentinaliklar keyingi o‘yindayoq JChga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishlari mumkin. Jamoa o‘z maydonida Braziliyaga qarshi o‘yinda (25 mart, Toshkent vaqti bilan boshlanishi - 26 mart, 05:00) durang o‘ynasa kifoya. Keyingi saralash o‘yinlari iyun oyida bo‘lib o‘tadi.