Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Argentina — Misr: Jahon chempionati — 2026 1/8 final uchrashuvi uchun jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari

Argentina — Misr: Jahon chempionati — 2026 1/8 final uchrashuvi uchun jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari

Bugun, 7 iyul kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining 1/8 finalidan o‘rin olgan Argentina va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O‘yin «Mersedes-Bens Stedium» (Atlanta, AQSh) stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuvni bosh hakam Fransua Leteksye (Bede, Fransiya) boshqarib boradi. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 21:00 da chalinadi.

Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari:

Argentina: Emiliano Martines, Molina, Romero, Lisandro Martines, Talyafiko, De Paul, Mak Allister, Fernandes, Paredes, Messi, Alvares.

Misr: Shobeyr, Rabya, Ibraxim, Xani, Xafez, Ashur, Attiya, Lashin, Ziko, Saloh, Xassan.

Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, Misr terma jamoasi 5 ochko jamg‘arib, «G» kvartetida ikkinchi o‘rinni egalladi. Argentina milliy terma jamoasi esa 9 ochko ishlab, «J» guruhida birinchi satrdan joy oldi. 1/16 final bosqichida Argentina terma jamoasi Kabo-Verdedan ustun keldi (qo‘shimcha vaqtda 3:2), Misr esa Avstraliyani mag‘lub etdi (1:1, penaltilar bo‘yicha 4:2).

Kiritildi: 20:04 07.07.2026. O'qildi: 1654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!