Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Argentina iqtisodiyoti resessiyaga kirdi

Argentina iqtisodiyoti resessiyaga kirdi

Argentina iqtisodiyoti rasman resessiya holatiga kirdi, bu esa erkin bozor haqidagi orzularga amalda chek qo‘ymoqda, deb yozdi mamlakatda chop etiladigan nufuzli La Reforma gazetasi.

Mamlakatning oylik iqtisodiy faollik ko‘rsatkichi (EMAE) avgust oyida o‘tgan oyga nisbatan atigi 0,1 foizga o‘sgan, yillik hisobda esa 1,7 foizga qisqargan. Bu ketma-ket ikki chorak davomida iqtisodiy pasayishni, ya’ni texnik resessiyani anglatadi.

Populist prezident Xavyer Miley boshqaruvi davrida mamlakatda 32,3 mingta korxona yopildi, sanoat, qurilish va chakana savdo esa amalda vayron bo‘ldi. Iqtisodiyotning yagona o‘sayotgan sektorlari — moliyaviy spekulyasiyalar hamda tabiiy resurslar savdosi.

Buning fonida mamlakat aholisining uchdan bir qismi qashshoqlik chegarasidan pastda qolmoqda.

Kiritildi: 16:46 14.11.2026. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik