Argentina hukumati Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) direktori Rafael Grossini BMT Bosh kotibi lavozimiga rasman nomzod qilib ko‘rsatdi. Bu haqda Janubiy Amerika davlati Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi, deb xabar beradi TASS.
— Argentina Respublikasi MAGATEning amaldagi bosh direktori Rafael Grossining nomzodini 2027-2031 yillardagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi lavozimiga ko‘rsatish sharafiga muyassar bo‘ldi, — deyiladi xabarda.
Argentina rasmiylarining fikriga ko‘ra, Grossi mojarolar va jiddiy xalqaro inqirozlar vaziyatida diplomatik muloqotni rivojlantirishga qodir. Shuning uchun u BMT Bosh kotibi lavozimiga munosib nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
Ikki kishi ushbu lavozimga nomzod bo‘lish istagini bildirgan. Birinchisi, Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari Rafael Grossi, ikkinchisi esa BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi bosh kotibi Rebekka Grinspan.