Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Arag‘chi Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar bekor qilinganini rad etdi

Arag‘chi Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar bekor qilinganini rad etdi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar bekor qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Eron tashqi ishlar vaziri bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.

"Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar juma kuni, taxminan soat 10:00 da Maskatda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Men barcha zarur choralarni ko‘rgani uchun Ummonlik birodarlarimizga minnatdorman", deb ta’kidladi Arag‘chi.

Avvalroq Axios jurnalisti Barak Ravid Ummonda 6 fevralga rejalashtirilgan AQSH-Eron muzokaralari bekor qilingani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!